O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi

  • 29 dekabr, 2019, 12:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun BAA yig‘ini doirasidagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazadi.

Tecno

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAA 1-divizioni vakili – Sharjaning “Al Hamriya” klubi bilan bahs olib boradi. Uchrashuv mazkur klubning uy stadionida tashkil etiladi va soat 17:30 (Toshkent vaqti bilan 18:30)da start oladi.

Qayd etish joiz, terma jamoamiz ushbu yig‘in doirasida hozirga qadar 3 ta uchrashuv o‘tkazdi va ularning barchasida zafar quchdi. Bugungi o‘yindan so‘ng olimpiyachilarimiz 1 yanvarga qadar mashg‘ulotlarni Dubayda davom ettirishadi va so‘ngra Tailandga yo‘l olishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!