
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Argentinaga yo‘l oldi (foto)
Bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 jahon chempionatida ishtirok etish uchun Argentinaga uchib ketdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, vakillarimiz 20 may sanasida start oladigan 20 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashadi. Unda termamiz "A" guruhidan joy olgan bo‘lib, Argentina, Yangi Zelandiya va Gvatemala jamoalari bilan kuch sinashadi.
Fikrlar