
O‘zbekiston U-20 ayollar termamiz Belarusga yutqazib qo‘ydi!
Halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoamiz Belarus termasi bilan kuch sinashdi. Afsuski, unda hamyurtlarimiz 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
5-daqiqada Anna Sinavskaya tezkor gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, 74-daqiqada Alina Cherlenok hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
15 iyul sanasida o‘tkazilgan birinchi o‘rtoqlik bahsida vakilalarimiz 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkandi.
Fikrlar