O‘zbekiston U-19 terma jamoasi 4 oktyabrdan yig‘in boshlaydi. Futbolchilar ro‘yxati ham ma’lum

  • 3 oktabr, 2019, 08:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Tecno

Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda. Sentyabr oyida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Iordaniyada yig‘in o‘tkazib, Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Oktyabr oyida ham O‘zbekiston U-19 terma jamoasi yana bir xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Vakillarimiz Tailandda o‘tadigan “GSB Bangkok Cup” musobaqasiga taklif oldi. Mazkur musobaqada, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand va Vetnam yoshlar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Musobaqa 2 ta o‘yin kunidan iborat bo‘lib, yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar chempionlik uchun, yarim finalda mag‘lub bo‘lganlar esa 3-o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushishadi.

Musobaqa taqvimi:

10 oktyabr | Yarim final

Janubiy Koreya U19 – O‘zbekiston U19

Tailand U19 – Vetnam U19

12 oktyabr | 3-o‘rin uchun

1-o‘yin mag‘lubi – 2-o‘yin mag‘lubi

12 oktyabr | Final

1-o‘yin g‘olibi – 2-o‘yin g‘olibi

Mazkur musobaqa oldidan terma jamoamiz 4 oktyabr kuni yig‘in boshlaydi va 7 oktyabrga qadar Toshkentda mashg‘ulotlar olib boradi. So‘ngra Tailandga yo‘l oladi.

Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

Ism-familiya

Tug‘ilgan yili

Amplua

Jamoasi

1.

Islomjon Abdullaxonov

2001

Darvozabon

Navbahor

2.

Asadullaxon Polvonov

2001

Darvozabon

Nasaf

3.

Alibek Davronov

2002

Himoyachi

Nasaf

4.

Odilbek Abdumajidov

2001

Himoyachi

Metallurg

5.

Sunnatilloxon Hamidjonov

2001

Himoyachi

Paxtakor

6.

Saidazamat Mirsaidov

2001

Himoyachi

Paxtakor

7.

Ibrohimhalil Yuldoshev

2001

Himoyachi

Paxtakor

8.

Xusayin Norchaev

2001

Himoyachi

Nasaf

9.

Eldorbek Begimov

2001

Himoyachi

AGMK

10.

Xurshidbek Ubaydullaev

2002

Himoyachi

Bunyodkor

11.

Ibrohim Ibragimov

2001

Yarim himoyachi

Bunyodkor

12.

Mironshox Sattorov

2002

Yarim himoyachi

Bunyodkor

13.

Jasurbek Jaloliddinov

2002

Yarim himoyachi

Bunyodkor

14.

Diyorbek Rahimkulov

2002

Yarim himoyachi

Bunyodkor

15.

Diyor Xolmatov

2002

Yarim himoyachi

Paxtakor

16.

Diyor Ramazanov

2001

Yarim himoyachi

Paxtakor

17.

Behzod Shamsiev

2001

Yarim himoyachi

Paxtakor

18.

Ulug‘bek Xoshimov

2001

Hujumchi

Paxtakor

19.

Ruslan Roziev

2001

Hujumchi

Paxtakor

20.

Abdulaziz Abdusalomov

2001

Hujumchi

Paxtakor

21.

Xojimat Erkinov

2001

Hujumchi

Qo‘qon-1912

22.

Mirjalol Mirzaev

2001

Hujumchi

Paxtakor

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!