
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Vengriyaga mag‘lub bo‘ldi
Halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida o‘tkazilgan Vengriya - O‘zbekiston uchrashuvi yakuniga etdi. Unda vengriyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Raqib safida gollarga Doman Gagyor va Benedek Barkoshi mualliflik qildi. Vakillarimizning yagona goli Murod Komilov tomonidan penaltidan urildi.
Bundan oldin bo‘lib o‘tgan bahsda jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynagandi.
Fikrlar