
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi
Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi joriy yilning 16-22 sentyabr kunlari Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.
Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Azamat Abduraimov shogirdlari bir qator musobaqa hamda o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. Jumladan, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 20-26 avgust kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tadigan “Star Way” nomli Valentin Ivanov xotira-turnirida ishtirok etmoqda. Mazkur musobaqada Turkiya, Serbiya, Rossiya hamda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
Bugundan ushbu musobaqa start oldi. Vakillarimiz ilk o‘yinni turkiyalik tengqurlariga qarshi o‘tkazdi va gollarga boy tarzda kechgan bahsda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Terma jamoamiz safida Shahzod Akramov va Alisher Xayrullaev raqib darvozasini ishg‘ol etishdi.
“Star Way” nomli Valentin Ivanov xotira-turniri
21 avgust
Turkiya – O‘zbekiston 3:2
Gollar: Shahzod Akramov, Alisher Xayrullaev.
O‘zbekiston U-16: Asror Kenjaev, Vazgen Pogosyan, Mirkomil Abdurazzoqov, Tohir To‘xtasinov, Abduqodir Husanov, Alisher Xayrullaev, Muxriddin Pazildinov, Jasur Ubaydullaev, Obloyor Rahmatov, Rustam Turdimurodov, Kirill Todorov.
Fikrlar