O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Afrika qit’asi terma jamoasini boshqaradigan bo‘ldi

  • 14 may, 2021, 14:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq ustozi Ektor Kuper yana bosh murabbiylikka qaytdi.

Tecno

A Bola nashrining ma’lum qilishicha, 65 yoshli argentinalik mutaxassis Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Kuperga mamlakatni “JCh-2022”ga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Aytish kerakki, Kongo jamoasi “JCh-2022” Afrika qit’asi ikkinchi saralash raundi “J” guruhidan joy olgan bo‘lib, ushbu guruhda ular Benin, Madagaskar va Tanzaniya termalariga qarshi kurash olib boradi. O‘yinlar sentyabr oyidan boshlanadi.

Ektor Kuper uchun Afrika terma jamoasini boshqarish begona emas. U 2015-2018 yillarda Misr terma jamoasiga ustozlik qilgan va uni “JCh-2018”ga olib chiqqan.

Argentinalik murabbiy 2018-2019 yillarda O‘zbekiston terma jamoasini ham boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!