
O‘zbekiston terma jamoasining Qirg‘iz Respublikasiga qarshi uchrashuv vaqti ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 20 mart kuni Toshkentda Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘tkazadi.
"Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs 18:45da start oladi. "Oq bo‘rilar" 8-turda esa safarda Eron bilan bellashadi. Bu qarama-qarshilik vaqti esa hozircha no’malum.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ 6-turdan so‘ng 13 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 16 ochkosi bor Eron esa etakchi.
Fikrlar