O‘zbekiston terma jamoasi milliardlar sarflayotgan Saudiyadan kuchlimi?

  • 12 dekabr, 2023, 19:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"FootyRankings" portali Osiyo Kubogi-2023 da g‘oliblik uchun favoritlar nomini e’lon qilganidan xabaringiz bor.

Tecno

shoma

Unda, O‘zbekiston terma jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlari Saudiya Arabistonidan yaxshiroq ekanligi ko‘rsatilgan. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev bu haqida o‘z telegram kanalida quyidagicha xabar qoldirdi.

"Ko‘pchilik bu xolatni noto‘g‘ri o‘lchov bilan izoxlamoqda. Vaholanki, foizlar qaysi kriteriya bo‘yicha belgilanishini tushunish uchun Saudiya Arabistoni terma jamoasining so‘nggi o‘yinlariga e’tibor qaratishning o‘zi kifoya. Evre Renar tuzgan kuchli pressingga suyangan dominant futbol allaqachon "Sahro lochinlari"ning o‘yinida ko‘zga tashlanmayapti. JCh saralashidagi ikkita g‘alabani hisobga olmasa, Saudiya Arabistoni "Fors Ko‘rfazi kubogi"da guruhdan chiqa olgani yo‘q. Ummon va Iroqqa imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Keyin, Venesuela va Boliviyaga o‘z uyida ( O‘zbekiston terma jamoasi esa, Venesuela bilan durang o‘ynab, Boliviyani engdi) mag‘lubiyatga uchradi.

Keyin o‘rtoqlik o‘yinlarida jiddiy raqiblar bilan bahslarda ketma-ket (Janubiy Koreya, Mali, Kosta-Rika) mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Bu o‘yinlar fonida terma jamoamizning Meksika va Eronga qarshi natijalari "oq bo‘rilar"ni hozir "sahro lochilari"dan yaxshiroq formada ekanligiga ishora qilishi tabiiy. To‘g‘ri, Saudiya Arabistoni Osiyo futboli uchun ko‘p narsa qilyapti, ammo bu barchasi xorijdan kelayotgan nomlar evaziga bo‘lmoqda. Kelayotgan legionerlar esa, o‘z-o‘zidan mahalliy futbolchilarning katta tempda o‘tadigan futbol uchrashuvlaridagi o‘yin daqiqalarini tobora kamaytirib boradi.

Mamlakatga ulkan pullar evaziga taklif etilayotgan xorijlik mutaxassislar birinchi navbatda natija qilishga intiladi. Yangi nomlarni kashf etish, mahalliy futbolchilarni yangi darajaga olib chiqish, yoshlar bilan ishlash singari faktorlar ikkinchi planga ko‘chib o‘tadi. "Hilol" - "Nasr" bahsini asosiy tarkibda boshlagan 22 futbolchinig atigi 7 tasi Saudiya Arabistoni fuqarosi edi.

Xulosa shuki, "FootyRankings"ning o‘lchovi to‘g‘ri, shunchaki "O‘zbek futbol olami" raqibdan qo‘rqish va buni boshqalarga ham yuqtirish borasida Osiyoda 20 yildan beri tengsiz! Tamom", - deyiladi xabarda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
.... ....
13/12/2023 01:09
Bizani futbalistla yaponidanam koreyasidan kamamas kuchli bosa kuchliki kamamas. Oxirgi 10-20 yillda Uzbekiston termasida uynagan russi zabon futbalistlani mintalitetini hisobiga bizani terma yapon korea va eronga yutqazib kegan. Atak, bizani bolla doim kuchli bogan. Oris tabiat futbailst mintalitet uyindan oldin duxini berip boshqalagayam singdirib yutqazib qoyvurgan uyinda, ishonmasela oxirgi 15 yilda Uzbekiston uynagan uyinlani korib chiqila Uzbekiston xich qaysisisdan kuchsiz bomagan , kuchli bogan. Oristabiat futbalistlani mintaliteti uziga bogan ishonchi yoligiga yutqazib quyvurgan. Katenets shu an-anaga chek qoyadi endi! yaponiniyam koreyasiniyam eroniniyam yutamiza mani ettti disila!!!
Норов Абдужалил
12/12/2023 19:47
Эвре Ренар фаолиятини куп кузатганман. Хакикатдан жуда кучли мутахассис. Саудия нега шундай мураббийга жавоб берди билмайман. Хозир каерда ишлаяпти шу мураббий ким билади?
Boy Intelligent
12/12/2023 19:38
E axmoq bu jadval girt notogri. Expert bolmay olasanmi shunga aqling yetmasa. Korasan saudiya qanaqa kuchliligini. Kuchlidi kuchli deb togri taktika oylab topish kk. Saudiya championati oz yoliga terma jamoasi ham bizdan ancha kuchli