
O‘zbekiston terma jamoasi lageridan XUShXABAR!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi uchrashuvdan so‘ng bugun tiklanish mashg‘ulotlarini olib bordi.
Unda kechagi o‘yinda qatnasha olmagan Oston O‘runov va Sherzod Nasrullaev ham ishtirok etdi. Bu haqda O‘FA matbuoti xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, "oq bo‘rilar" ertaga O‘zbekistondagi so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazib, 23 martda Eronga yo‘l oladi. Eron - O‘zbekiston bahsi esa 25 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar