
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisiga RPL klublaridan takliflar bor!
"Tobol" hujumchisi Igor Sergeev jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Meta-ratings.kz xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, 29 yoshli forvardning Qozog‘iston klubi bilan yana bir yillik shartnomasi bor, ammo raqobatbardosh chempionatdan taklif bo‘lsa, kelishuvni bekor qilish imkoniyati mavjud.
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisiga Rossiyaning bir nechta jamoalaridan takliflar bor. O‘tgan yozda Sergeevga Polsha klubidan ham qiziqishlar bo‘lgandi, biroq u mavsumni "Tobol"da yakunlab qo‘yishni istagan.
2022 yilgi mavsumda Igor 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar