
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisiga Rossiya klubidan taklif bor
O‘zbekiston terma jamoasi va "Tobol" hujumchisi Igor Sergeev xizmatiga Rossiya klubi qiziqish bildirmoqda.
Metaratings.ru nashrining xabar berishicha, 28 yoshli futbolchini "Ximki" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Sergeevning transfer narxi 1,7 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, "Ximki" Rossiya chempionatida birinchi davrani 14 ochko bilan so‘nggi o‘rinda yakunladi. Igor o‘tgan mavsum Qozog‘iston chempionatida 25ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.
Avvalroq, forvardga Samvel Babayan boshchiligidagi "Navbahor" va sobiq klubi "Paxtakor"dan ham qiziqish bo‘layotganligi haqida yozgandik.
Fikrlar