O‘zbekiston terma jamoasi Dubaydagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

  • 22 oktabr, 11:31
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Dubaydagi xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqada Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi. Bellashuvlar “An-Nasr” klubiga tegishli “Al-Maktum” stadionida o‘tkaziladi. Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00'da boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro shogirdlari oktyabr oyida ham ikki bor o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushgan edi. Dastlab, Toshkentda Quvaytni 2:0 hisobida mag‘lub etdi, keyin esa Urugvayga qarshi bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!