O‘zbekiston terma jamoasi 3 karra Afrika chempioniga qarshi maydonga tushadi

  • 29 iyul, 2021, 17:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailanddagi “Continental” xalqaro turnirining yarim final uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Eron vakillariga qarshi kechgan mazkur bahs futzalchilarimizning 7:5 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Tailand va Misr terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan navbatdagi yarim final o‘yinida esa tailandliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Turnir reglamentiga ko‘ra, futzal terma jamoamiz ertaga 3-o‘rin uchun tashkil etiladigan bahsda Misr vakillari bilan kuch sinashadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da start oladi.

“Continental” xalqaro turniri

3-o‘rin uchun bahs

30.07.2021 | 11:00

O‘zbekiston - Misr

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!