O‘zbekiston Superligasi. Bikmaevning benefisiga aylanib ketgan bahsda "Dinamo" o‘zining 3-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 7 noyabr, 2022, 15:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Dinamo" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda nominal mehmonlar yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

"Arslonlar" safida uch golni Marat Bikmaev, yana birini Abdujamol Isroilov kiritdi. Bu gollarga termizliklardan Sanches penaltidan unumli foydalanib, bitta gol bilan javob qaytardi.

Shu tariqa, "Dinamo" ochkolari sonini 9 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt 14-pog‘onadan joy egallagan.

"Surxon" hisobida 26 ochko mavjud bo‘lib, klub 11-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!