O‘zbekiston Superligasi 24-turining eng chiroyli gollari TOP-10

  • 6 noyabr, 2022, 09:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2-3 noyabr kunlari Superliganing 24-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. Avvalgi tur Pro ligaga tushib ketishi aniq bo‘lgan “Dinamo” Qarshida “Nasaf” bilan kuch sinashdi. “Ajdarlar” 1:0 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar “Bunyodkor”ga qarshi bahsdagi kabi yana penaltidan gol ura olmadi. Bu gal Lima Kruz 11 metrdan darvozaga yo‘l topa olmadi. Avvalroq Stanoevichda shunday holat kuzatilgandi.

Ikkinchi o‘ringa joylashib olgan “Paxtakor” Toshkentda “So‘g‘diyona”ni qabul qildi. Aslida markaziy o‘yinlardan biri sifatida qaralishi kutilgan bellashuv mezbonlarning engil g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Navbahor” Toshkentda Superliganing oxirgi o‘rinlariga tushib qolgan “Lokomotiv”ga qarshi saf tortdi. Samvel Babayan sobiq jamoasini muhim ochkolardan mosuvo qildi. “Loko” Pro ligaga yaqinlashyapti.

AGMK Farg‘onada “Neftchi”dan gol o‘tkazib yuborgach, mezbonlar darvozasini 3 bor o‘qqa tutdi. “Qizilqum” o‘z uyida “Qo‘qon-1912” bilan durang o‘ynadi. “Olimpik” raqobatchilaridan biri “Metallurg”dan turnir jadvalida o‘tib ketdi.

“Bunyodkor” shiddatli kechgan bellashuvda “Surxon”ni ochkosiz qoldirdi. “Qaldirg‘ochlar” bir kishi kam bo‘lib g‘alabaga erishdi.

Endi esa ushbu turning eng chiroyli 10 ta golini tomosha qiling:

10-o‘rin. Martin Boake AGMK

9-o‘rin. Zoran Marushich “Navbahor”

8-o‘rin. Ruben Sanches “Surxon”

7-o‘rin. Temurxo‘ja Abduxoliqov “Qizilqum”

6-o‘rin. Hojiakbar Alijonov “Paxtakor”

5-o‘rin. Ivan Solovyov “Nasaf”

4-o‘rin. Martin Boake AGMK

3-o‘rin. Saidazamat Mirsaidov “Olimpik”

2-o‘rin. Farruh Ikromov “Bunyodkor”

1-o‘rin. Doston Hamdamov “Paxtakor”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!