
O‘zbekiston Superkubogini qaysi hakam boshqarishi e’lon qilindi
29 may sanasida O‘zbekiston Superkubogi doirasida Toshkentning “Paxtakor” va Qarshining “Nasaf” klublari o‘zaro kuch sinashadi.
O‘zbekiston futbol hakamlar markazi tomonidan mazkur qarama-qarshilik uchun ishlaydigan rasmiylar ro‘yxati e’lon qilindi.
Bosh hakam: Aziz Asimov
Qanot hakamlari: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
AVAR hakami: Andrey Tsapenko
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Zoxirjon Akramxonov.
Fikrlar