
O‘zbekiston Superkubogi-2024: 28 may kuni o‘yinoldi rasmiy tadbirlar o‘tkaziladi
O‘zbekiston Superkubogi-2024 uchrashuviga sanoqli kunlar qoldi.
29 may kuni "Bunyodkor" stadioni mamlakat Superkubogi bahsiga mezbonlik qiladi. Amaldagi chempion "Paxtakor" va kubok sohibi "Nasaf" o‘rtasidagi super uchrashuv oldidan 28 may kuni o‘yinoldi rasmiy tadbirlar tashkil etiladi.
O‘yinoldi rasmiy tadbirlar ketma-ketligi
28 may, seshanba:
18:00 "Paxtakor" rasmiy mashg‘uloti
18:30 "Nasaf" matbuot anjumani
19:00 "Nasaf" rasmiy mashg‘uloti
19:20" Paxtakor" matbuot anjumani
OAV vakillariga qulaylik yaratish maqsadida barcha rasmiy tadbirlar "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi. Har ikki jamoa rasmiy mashg‘ulotining dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq tarzda o‘tadi.
Barcha turdagi OAV vakillarini O‘zbekiston Superkubogi 2024 o‘yinini bevosita voqea joyidan yoritishga chorlaymiz!
O‘zbekiston Superkubogi-2024 uchrashuvi 29 may kuni "Bunyodkor" stadionida soat 19:00 da start oladi.
Fikrlar