O‘zbekiston sporti tarixida ilk bor mamlakatimiz vakili Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi

  • 8 oktabr, 2023, 10:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Ot sporti
CHERY AUTO

Bu nomga Evroosiyo ot sporti assosiatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

photo_2023-10-08_09-50-29

Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining ot sporti musobaqalari o‘tkazilgan Tognlu shahrida Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Uning kun tartibidan federatsiya vitse-prezidentlarini saylash masalasi ham o‘rin olgan edi. Ta’kidlash kerakki, ushbu yuksak lavozimga nomzodlar orasida Xitoy, BAA, Janubiy Koreya, Liviya va Eron vakillari qatori O‘zbekistondan nomzod ilgari surildi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, hamyurtimiz Bahromjon Gaziev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

Shuningdek, Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga Yaponiya, Janubiy Koreya va Liviya vakillari ham tasdiqlanishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!