
O‘zbekiston so‘nggi turda yirik g‘alabani qo‘lga kiritib, guruhda 100 foizlik natija qayd etdi
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Bahrayn uchrashuvi yakuniga etdi. Unda vakillarimiz yirik 6:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Hamyurtlarimiz safida Akbar Usmonov dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Husniddin Nishonov, Shahram Fahriddinov, Mashrab Odilov hamda Elbek To‘lqinov gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Bahodir Ahmedov shogirdlari 100 foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Fikrlar