
O‘zbekiston sambochilari ishtirokida katta fleshmob o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida "Biz sportni tanlaymiz" shiori ostida katta flesh-mob bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi - samboni yurtimizda ommaviyligini oshirishga qaratildi. Mazkur ulkan tadbir yuzlab odamlarni birlashtirish barobarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynadi.
Fleshmobda Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi vakillari ham ishtirok etishdi. O‘zbekistonda sambo keng rivojlanayotganiga, sportchilarimizning xalqaro musobaqalardagi ajoyib natijalari ham misol bo‘la oladi.
Tadbir davomida sport ishqibozlari sambo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari, shuningdek, 11-13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan sambo bo‘yicha o‘smir va yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘oliblari bilan uchrashdilar.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar