
O‘zbekiston Rossiyaga Osiyoda ham “non” yo‘qligini ko‘rsatib qo‘ydi
“Spartak” klbi sobiq prezidenti Andrey Chervichenko O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rqtoklik uchrashuvidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. “Paxtakor” stadionidagi o‘yinda hisob ochilmadi.
- Yakshanba oqshomidagi o‘yin tomosha qilganimiz eng yoqimli narsa bo‘lmadi. Lekin futbolimizning saviyasi shu ekan, sobiq ittifoqning ikki jamoasini ham enga olmadik.
Bu ko‘pchilikdagi, xususan, menining o‘zimdagi agar Osiyoga o‘tsak, u erda biz liderlarda bo‘lamiz, degan tushunchalarimiz sarobliga qolishini ko‘rsatdi. Osiyoda ham hech kim bizga yon berib, hadya ulashib o‘tirmas ekan, - dedi Chervichenko.
Xabaringiz bor, siyosiy vaziyat tufayli Rossiya futboliga nisbatan sanktsiyalar qo‘llangan. Rus klublari UEFA tasnifidagi musobaqalardan chetlatilgan. Futbol sohasi mutasaddilari Osiyo futbol konfederatsiyaga o‘tish masalasini ham ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan edi.
Rossiya terma jamoasi Tojikiston va O‘zbekiston futbolchilariga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda birorta to‘p kirita olmay, durang bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar