O‘zbekiston Qatarni "xo‘rlagan" uchrashuvdan fotogalereya!

  • 11 iyun, 19:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralash guruh bosqichining so‘nggi turida mundial yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Qatar ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
Butun to‘qnashuv davomida deyarli raqibning nafas olishiga qo‘ymagan vakillarimiz uchrashuvning 28-daqiqasida hisobni ochdi. O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Aziz Turg‘unboev o‘zining ajoyib kuchli zarbasi bilan to‘pni darvozaga mixlab qo‘ydi. To‘qnashuvning 86-daqiqasida esa jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Unga esa Jamshid Iskandarov assistentlik qildi. Shuningdek, o‘yinning asosiy bo‘lim so‘nggida zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeev tushishi bilanoq uchinchi golga mualliflik qildi.

Tecno

Quyida uchrashuvdan fotolavhalarni tomosha qiling:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!