
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi rahbari hakamlar bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rahbar sifatida Umid Yakubov saylangan edi.
Federatsiya rahbari asta-sekin yurtimizda professional boksni rivojlantirish yo‘lidagi qadamlarini tashlamoqda.
Jumladan, bugun Umid Tolibovich hakamlar bilan uchrashib, bu borada ham kerakli ishlarni amalga oshirish va hakamlikni ham yuqori darajaga olib chiqish borasida ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, -50 kg vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov bilan ham uchrashib, unga kelgusi janglarida omad yor bo‘lishini tilagan holda federatsiya tomonidan kerakli yordamlarni berilishini ham ta’kidlab o‘tdi.
Fikrlar