
O‘zbekiston Pro-ligasi. Sentyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi (foto)
Pro-ligada 21 tur ortda qoldi. Ayni paytda Superliga yo‘llanmasi va ligada jon saqlab qolish uchun qizg‘in raqobat kechmoqda.
Biroz avval, O‘zPFL matbuot xizmati sentyabr oyining eng yaxshilarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, oy murabbiyi "Andijon" ustozi Viktor Kumikov bo‘ldi. U o‘tgan oyda 3 o‘yinda jamoasini maydonga boshlab chiqqan va 2 g‘alaba hamda 1 durang qayd etgan. To‘plar nisbati - 4:2.
Eng yaxshi futbolchi nominatsiyasida "Buxoro" hujumchisi Ro‘zimboy Ahmedov g‘olib bo‘ldi. U sentyabr oyida 3 o‘yinda ishtirok etdi va 2 gol muallifiga aylandi.
Fikrlar