
O‘zbekiston Pro-ligasi. Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi ma’lum (foto)
Pro-ligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, "Buxoro" futbolchisi Ro‘zimboy Ahmedov oyning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.
Hujumchi yakuniga etgan oyda Buxoro klubi bilan 2 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ro‘zimboy ushbu bahslarda 4 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Shuningdek, Ahmedov bilan bir qatorda eng yaxshi bo‘lish uchun Shahzod Shaymanov ("Xorazm") va Rokki Marchiano ("Xorazm") o‘rin olgan edi.
Fikrlar