O‘zbekiston OTJ Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini boshlaydi

  • 11 mart, 2019, 11:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "Chig‘atoy" sport majmuasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Lyubinko Drulovich boshchiligidagi futbolchilar Ispaniya va Turkiyada yig‘in o‘tkazib, bir qator nazorat o‘yinlarida maydonga tushganliklari haqida xabar berib o‘tgandik. Navbatdagi yig‘in shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi bo‘ladi. 
 
O‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga quyidagi futbolchilar taklif qilingan: 
 
Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon  «Nasaf»
Hamroev Umidjon  «Paxtakor»
Ziyovutdinov Nizomitdin AGMK
Muhammadjonov Mashhurjon «Nasaf»
 
Himoyachilar:
Qobilov Islom «Bunyodkor» 
G‘ofurov Husniddin «Surxan» 
Aliqulov Husniddin «Mash’al»
Nasrullaev Sherzod «Nasaf» 
Saidov Dilshod «Nasaf» 
Alijonov Hojiakbar «Paxtakor»
Alijonov Ilhom «Nasaf»
 
Yarim himoyachilar:
Abdullaev Abdulla «Bunyodkor» 
Ismoilov Abrorbek «Surxon» 
O‘runov Oston «Navbaxor» 
Rustamov Oybek «Qo‘qon-1912»
Yaxshiboev Jasur  «Paxtakor» 
To‘xtasinov Nurillo «Bunyodkor»
Kenjaboev Islom   «Nasaf»
Rashidxonov Islom «Nasaf»
Bozorov Oybek «Nasaf»
Qodirqulov Sanjar «Bunyodkor» 
Nurullaev Suhrob Metallurg
Muxitdinov Sharof «Nasaf» 
 
Hujumchilar:
Amonov Aziz «Lokomotiv»
Mirahmadov Mirjahon «Bunyodkor» 
Abduxoliqov Bobur «Nasaf» 
Talxatov Dian «So‘g‘diyona»  
 
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida O‘zbekiston olimiya terma jamoasi Tojikiston va Hindiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
 
Saralash o‘yinlarining taqvimi quyidagicha:
 
22 mart, 17:00
O‘zbekiston - Hindiston («Paxtakor» stadioni)
 
24 mart, 17:00
Tojikiston - Hindiston («Paxtakor» stadioni)
  
26 mart, 17:00
O‘zbekiston - Tojikiston («Paxtakor» stadioni)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!