
O‘zbekiston OTJ Iroqni ishonchli hisobda engdi (video)
Xabaringiz bor O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Taylandda bo‘ladigan Osiyo chempionatiga Birlashgan Arab Amirliklarida tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Lyubinka Draulovich boshchiligidagi jamoamiz bugun iroqlik tengqurlariga qarshi yana bir bor nazorat uchrashuvi o‘tkazishdi. Gollarga boy kechgan o‘yinda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida zafar quchishdi.
Terma jamoamiz safidagi gollarga Sherzod Nasrullaev (41), Mirjahon Mirahmadov (44) hamda Hojiakbar Alijonovlar (87) mualliflik qilishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar