
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tojikiston ustidan g‘alaba qozondi
Bugun Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tojikiston vakillariga qarshi maydonga tushdi.
Biroz avval yakuniga etgan mazkur bahsda o‘smirlarimiz 2-1 hisobida g‘alabaga erishdi. Terma jamoamizning gollariga Shahzod Akromov va Po‘latjon Jumaxonov mualliflik qildi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Tojikiston U16 1-2 O‘zbekiston U16
Gollar: Xurshed Davlatzoda (pen.) 41 - Shahzod Akramov 5, Po‘latjon Jumaxonov 84
O‘zbekiston U16: A. Kenjaev, T. To‘xtasinov, M. Abdurazakov, A. Xusanov, A. Vaniev, M. Usmanov (N. Abdurazoqov), A. Xayrullaev (A. Beglarxanov), R. Islamov, Sh. Akramov (P. Jumaxonov), A. Qoxarjonov (M. Pazildinov), M. O‘rinboev (R. Turdimurodov)
Fikrlar