O‘zbekiston Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

  • 17 sentabr, 2019, 16:09
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik – mamlakatimiz kelasi yili bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Bugun Kuala Lumpurda OFK Musobaqalar qo‘mitasining ilk yig‘ilish o‘tkazildi va unda U-19 Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida O‘zbekiston nomzodi ma’qullandi. Shu tariqa, mamlakatimiz o‘z tarixida ilk bor mazkur yosh toifasidagi qit’a chempionatiga mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Qayd etish joiz, U-19 Osiyo chempionati-2020 bahslari taqvimga ko‘ra, kelasi yilning 14-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Низомтой Эргашев
17/09/2019 18:00
МТЖ микан дебман.нима булди 2027
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
17/09/2019 17:34
Uzi. shu bolalar bilan. Jahon chempionatka tayorlanish kerak. 6 yil keyin hammasi. etilib. ayni fudbol uynaydigan yoshka tularkan. keyingi hozirdan. puhta tayorlanish kerak.
Sherbek Osginov
17/09/2019 16:15
Biz uchun yana bir imkonyat