O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Koreyadagi yig‘inni davom ettirmoqda

  • 12 oktabr, 2019, 23:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz ilk o‘yinni Xvason shahrida o‘tkazishdi. Bugun terma jamoamiz ushbu shahardagi oxirgi mashg‘ulotini “Hwaseong Sports Complex” arenasida o‘tkazdi va tushdan so‘ng Chxonan shahriga etib keldi.

Tecno

Janubiy Koreya U23 – O‘zbekiston U23 o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv aynan Chxonan shahrida joylashgan “Cheonan Sports Complex” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv 14 oktyabr kuni o‘tkaziladi va mahalliy vaqt bilan soat 20:00, Toshkent vaqti bilan esa 16:00da boshlanadi. O‘yin Koreyaning MBC telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!