O‘zbekiston MTJning yangi bosh murabbiyi qachon e’lon qilinishi va nomzodlar haqida

  • 11 avgust, 2021, 19:26
  • Bekzod Isayev
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati 2-saralashidan o‘ta olmaganiga va bosh murabbiy Vadim Abramovning iste’fosiga ikki oy bo‘lib qoldi. Terma jamoamiz ilk bor shunday salbiy natija qayd etgani ko‘pchilikni hayron qildirdi va endi murabbiy borasida jiddiy o‘ylash kerakligi ko‘rindi. Shunday pallada boshqaruvni mahalliy murabbiygami yoki xorijlikka topshirish kerakmi? degan savolga javob O‘FA mutasaddilarini ham o‘ylantirishi tabiiy.

Tecno

19 iyun kuni O‘FAning navbatdan tashqari konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda qoniqarsiz natija qayd etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi lavozimidan ozod etildi. O‘sha konferentsiyada O‘FA rahbari Abdusalom Azizov O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi murabbiyi qachon e’lon qilinishini aytib o‘tdi.

- Yangi murabbiy masalasi bir kunlik ish emas. Buni o‘ylab, maslahatashib ko‘rilishi lozim. Balki mahalliy murabbiylarning ham nomzodlarini o‘rganarmiz. Har xil bahonalar bo‘lmasligi uchun evropalik murabbiylarni ko‘rishimiz kerak. 1 - 1,5 oyda qaysi murabbiy terma jamoani qo‘lga olishi borasida e’lon qilinadi, - dedi Abdusalom Azizov.

Ushbu konferentsiya o‘tganiga ham 53 kun bo‘ldi. Biroq murabbiy masalasiga oydinlik kiritilmadi. Ammo bu meni ajablantirmadi. Chunki o‘tgan davrlar ko‘rsatdiki bu mushkul vazifani har kim ham qo‘lga ololmas ekan. Xorijlikmi yoki mahalliy, farqi yo‘q. Eng muhimi etti o‘lchab, birni kesadigan palla. Shuning uchun ham O‘FA qaror qabul qilishda nomzodlarni ko‘rib chiqishda shoshilmayotgandir. Jarayon yana cho‘zilar?! Bu to‘g‘ri. Har qanday qaror baribir e’tirozlarga sabab bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun eng yaxshisini tanlash qiyin.

Abramovning iste’fosi, Odilning himoyaga nega qo‘yilgani, Ismoilov va Krimets termaga chaqirilmagani, Ahmedov faoliyatini yakunlagani va boshqa mavzularga bag‘ishlangan anjuman

IMG_6636

Kimlarning nomlari ilgari surilmoqda?

2 iyul - xalqaro sport jurnalistlari kuni tashkil etilgan tadbirda O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov terma jamoa murabbiyligiga tajribali mutaxassisni taklif qilish uchun nomzodlar ko‘rilayotgani va bu borada mahalliy murabbiylarni ham o‘rganilayotganini aytdi.

Jumladan, u "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdievga murojaat qilinganini bildirdi. Ammo Berdiev taklifga qanday javob bergani noma’lum.

O‘FA vakili kimga O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyligi uchun murojaat qilinganini aytdi

berdiev2

Shundan so‘ng Usmon Toshev varianti paydo bo‘ldi. U SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida bu haqda ma’lum qildi. Toshevning aytishicha, O‘FA unga aloqaga chiqqan ekan.

Usmon Toshev O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin

photo_2020-02-07_06-11-23

Yuqoridagi ikkitasi aniq ma’lumotlar. Qolganichi? Qolganining yarmi mish-mish, ayrimlari taxmin.

Mish-mishlar va taxminlar

OAVda terma jamoa murabbiyligiga nomzodlar borasida ko‘plab xabarlar yangramoqda. O‘FA bir necha yil avval "Paxtakor"ni boshqargan Miodrag Radulovich va Shota Arveladze hamda Iroq terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanetsga qiziqish bildirilgan bo‘lishi mumkin ekan. Bu variantlar rasmiylar tomonidan emas, jurnalistlart tarqatgan xabarlardir.

Miodrag Radulovich. Bu nomni aksariyat insonlar yaxshi mutaxassis sifatida biladi. Biroq uning faoliyatiga nazar tashlasak, faqatgina Livan terma jamoasida 4 yil ishlagan. Qolgan klublar va termalardagi faoliyati bir yarim filga ham bormagan. Deyarli har yili ish joyini o‘zgartirgan. Shuning uchun bu variant biz uchun to‘g‘ri kelmaydi. Qolaversa, “Paxtakor”da ishlagan kezlari ko‘zga ko‘rinadigan natijaga erishmagan. Bir joyda o‘z ishini qoyillatib qo‘ysa, keyin o‘ylab ko‘rish mumkin. Shuningdek, Radulovich hozir Chernogoriya termasini boshqarmoqda.

unnamed

Srechko Katanets. Bu murabbiyda terma jamoalarda ishlash tajribasi bor. 58 yoshli murabbiy Birlashgan Arab Amirliklarida yaxshi sharoit bilan ham natija qila olmadi. Ammo Sloveniya termasida ishlagan kezlari jamoa o‘z tarixida ilk bor jahon va Evropa chempionatiga olib chiqqan. Oxirgi ish joyi Iroq terma jamoasi. Iroqliklar jahon chempionati uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi. Ammo u besh oydan beri maosh olmagani bois o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqarildi.

photo_2021-03-29_20-26-12

Ha aytgancha, Timur Kapadze variantini ham ilgari surildi va bu borada bizning fikrimiz o‘zgarmagan. Ya’ni u hozir Olimpiada yo‘lida “Olimpik” jamoasini tayyorlamoqda. Shuning uchun unga tegmaslik kerak. Sababi Kapadze katta loyihaning asosiy qismi va boshida turibdi!

O‘FA hozir bo‘sh qolgan o‘ringa xorijdan murabbiy olib kelmoqchiligi haqiqatga yaqinroq. Chunki mahalliy murabbiylarga imkoniyat berildi. Ular o‘z klublaridan futbolchilarni maydonga tushiraverdi. Shu bois xorijlik, jumladan, Evropadan mutaxassis bilan muzokara o‘tkazilayotgan bo‘lishi mumkin.

Bizning varint/taklif qanday?

Karlush Keyrush. Ushbu mutaxassis yaxshigina tajribaga ega ekanligini barcha biladi. Uning Osiyoda Eron bilan qayd etgan natijasi aytib turibdi. Forslar Osiyo kubogida chempion bo‘la olmadi. Biroq jahon chempionatiga doimiy tarzda yo‘llanma oldi. O‘yin uslubi ham g‘alaba qozonishga asoslanib tuzilgandi.

+keyrush

Portugaliyalik murabbiy masalasi Ektor Kuper kelishidan avval ham paydo bo‘lgandi. Biroq uning maoshi borasidagi masalalar bois O‘FA kelisha olmagani bo‘yicha ma’lumotlar tarqalgandi. Shuni aytib o‘tish kerakki, Shota Arveladze ham katta maosh oladigan murabbiy sanaladi.

Haqiqatdan ham maoshi katta murabbiylar bilan kelishish juda qiyin. Ayniqsa, hozirgi holatda. Yana ham e’tiborga molik tomoni, taniqli va yaxshi ishlaydigan murabbiylarning barchasi ish joyiga ega. Shuning uchun muzokara olib borilayotgan mutaxassis balki tanqidlarga uchrashi mumkin!

Har kim o‘zi bilganicha va topganicha ma’lumot tarqatmoqda. O‘FAning navbatdagi saylov Kongressi 2021 yil 25 sentyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Balki shu kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi murabbiyi e’lon qilinar.

P/S. Yuqoridagi variantlar va taxminlarning barchasi o‘xshamasligi yoki aksi kuzatilishi mumkin. Chunki hozirgi futbolda birdan barchasi o‘zgarib ketishi ham, tezlashib qolishi ham hech gap emas. Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzating!

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
11/08/2021 23:49
Шу оқ мўйловига бит тушсин расмини энг олдига қўйибсизлар, асабга тексин дебми. Энг яхши ва муносиб вариянт бу Карош Керуш. Олиб келиб қўйиб бериш керак ўзи қолганини ҳал қилади Керушни. 100% Ишонч.билан айтаяпман Жаноб Карлуш Кейруш керак Ўзб. МТЖ сига.
&
Ашуров Бахтийор
12/08/2021 12:10
Олдин хам,айтганман.Кейруш келмайди.Эсласангиз Тошкентдаги ўртоқлик ўйинидан кийин;Мураббийингизга ишонинг сизни албатта Ж/Ч олиб чиқади деб бекорга айтмаган эди.Чунки у Купер билан яқин алоқада.Шунинг учун хам, УФАдаги ҳар ҳил тарафкашликлардан ҳабардор бўлиши мумкин.Булмаса бунақа гап қилмас эди.Катанецни ўйлаб кўрса бўлади.Лекин ўзимизни Тошев,Бердиевга ишонч йўқ.Кападзе эса умуман бўлмайди.Яхшиси ғарбий европадан келгани мақул.Бунинг учун яхшигина маош тўлашга тўғри келади.
&
Турсун Ғани
12/08/2021 14:15
Нима бўлган тақдирда ҳам энди энг зўр мураббийни Европадан олиб келиш керак. Куперни куни бошимга тушади деб қўрқиб келмайди диейсизми Кейрушни.
&
Ашуров Бахтийор
12/08/2021 15:07
У хеч нарсадан қўрқмайди.УФАда тарфкашлик бор диябманку.Тарафкашлик бу;ички емирилиш-дегани.Бундай жойдан фаришталар қочади.Фариштаси йўқ жойда барака ҳам,бўлмайди.
&
Турсун Ғани
12/08/2021 15:36
Сизни тушиндим. Бизда таниш билишчилик, корупцион ҳаракатлар илдиз отиб, палак ёзган. Мунақа жойга ишлашни ўзига эп кўрмаса керак дейсизда. Тўғри фикирлариз.
&
Турсун Ғани
12/08/2021 15:40
Биздаги муаммолар ҳатто дунёга ҳам маълум эканда... Кейруш муни билган пайқаган экан. Қачон тузалар экан булар... Куперга имкон беришмади... Кейруш ҳабардор келмайди... қайрдан ва қандай мураббий топади бу ҳолида кўрамиз энди.
&
Ашуров Бахтийор
12/08/2021 17:19
Бундақа пайтда 2та лимонга келадиган 4та сўрайди.
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
11/08/2021 20:45
Ey umuman kerakma Ro‘zi aka shunchalik zo‘r bo‘lsa nimani qoyillatdi Hadeb Maliyaviy tomon haqida aytasizlar Lekin yahshiyam akademiyasi bor Ro‘zi aka bo‘lmaydi Bizga Keyrush kerak
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
11/08/2021 19:45
Bularni hammasi. Ruziqul Berdiev oldiga. ojizki aka. Ruziqul Berdiev. buladan ancha kuchli.