
O‘zbekiston MTJning Ugandaga qarshi o‘yinini qaysi telekanal namoyish etadi?
Bugun "Navruz Cup" musobaqasining finali bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ugandaga qarshi bahs yuritadi.
Bellashuv 19:00da boshlanadi. O‘yinni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Shuningdek, kun doirasidan 3-o‘rin uchun uchrashuv ham o‘rin olgan. Srechko Katanets shogirdlaridan engilgan Qirg‘iz Respublikasi, Ugandaga penaltilar seriyasida yutqazgan Tojikiston bilan kuch sinashadi. Mazkur o‘yin 15:30da start oladi. Bu bahsni ham "Sport" telekanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar