
O‘zbekiston MTJning Tailandga qarshi o‘yini qaysi telekanalda namoyish etiladi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Tailandga qarshi bahs yuritadi. Osiyo Kubogi saralashidan o‘rin olgan ushbu bellash muhim ahamiyatga ega. Sababi final eshiklarining ochilishi natijaga bog‘liq.
Uchrashuv 20:30da start oladi. O‘yinni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Ayni paytda vakillarimiz va tailandliklar 6 ochkodan jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda. Bugun guruh g‘olibligi uchun o‘yin o‘tkaziladi. Bizni durang ham qoniqtiradi. Shunda to‘plar farqiga ko‘ra chiqish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Ma’lumot o‘rnida, 6 ta guruhda birinchi o‘rinni egallaganlar va 5 ta eng yaxshi 2-o‘rin sohiblari ham final bosqichiga yo‘l oladi.
Fikrlar