O‘zbekiston MTJning KXDR va Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga akkreditatsiya jarayoni boshlandi

  • 25 may, 2019, 18:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning iyun oyidagi FIFA kunlarida KXDR va Suriya milliy terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. Mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

7 va 11 iyun kuni "Milliy" stadionda bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlarini bevosita stadionning o‘zidan yoritib borishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o‘z tashkilotlari nomidan rasmiy blankadagi xatni va jurnalistlar ro‘yxatini 3 iyun kuniga qadar O‘FA matbuot xizmati elektron pochtasiga (info@ufa.uz) jo‘natishlari talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!