
O‘zbekiston MTJning JCh-2026dagi asosiy raqibi - Eron oktyabrda Iordaniyadagi turnirda qatnashadi
Xabaringiz bor, yaqindagina jahon chempionati-2026 va Osiyo Kubogi-2027 musobaqalarining 2-saralash bosqichiga qur’a tashlangandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston, Eron va Gonkong/Butan juftligining g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Kvartetdagi asosiy raqibimiz hisoblangan forslar oktyabr oyida Iordaniyadagi turnirda ishtirok etadi. Turnirda 4 jamoa qatnashadi. Ikkita yarim final, 3-o‘rin uchun bahs hamda final. Ishtirokchilar Iroq, Qatar, Eron va Iordaniya. Eron termasi Iordaniyani mag‘lubiyatga uchratsa, finalda o‘ynaydi.
Fikrlar