
O‘zbekiston MTJning bugungi mashg‘ulotlarida qaysi futbolchilar ishtirok etmasligi ma’lum qilindi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi. Srechko Katanets kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Bugun vakillarimiz navbatdagi mashg‘ulotlarini boshlaydi. Yig‘inning dastlabki qismi Toshkentda bo‘lib o‘tadi, keyin esa jamoamiz Osiyo Kubogining saralash bahslarida ishtirok etish uchun Namanganga yo‘l oladi.
Bugungi mashg‘ulotlarda legionerlarimiz — Eldor Shomurodov, Sherzod Temirov, Otabek Shukurov, Azizbek Amonov, Jaloliddin Masharipov va Oston O‘runov ishtirok etmaydi. Qolganlar 17:45da "Bunyodkor" akademiyasi maydonida yig‘inga kirishadi.
Ma’lumot uchun, U-23 terma jamoasi safida Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan 5 nafar futbolchi ham milliy jamoa kengaytirilgan tarkibiga kiritildi. Sloveniyalik mutaxassisning so‘roviga ko‘ra, ularning ayrimlari keyinchalik milliy terma jamoa yig‘iniga ham jalb etilishi mumkin.
Fikrlar