
O‘zbekiston MTJda Vadim Abramov bilan birga ishlagan sobiq futbolchi "Surxon"da
Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Anvar G‘ofurov murabbiylikka kirishdi. Bu haqda "Surxon" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, sobiq futbolchi "Surxon" U-21 jamoasi murabbiyiga aylangan.
- Yoshlar tarkibimizga yangi murabbiy qo‘shildi. O‘tmishda mashhur bo‘lgan himoyachi Anvar G‘ofur endilikda Rafael Balasanyanga yordam qiladi.
"Surxon" jamoasi nomida Anvar Xusainovichga ishida omad tilaymiz! - deyiladi xabarda.
Fikrlar