O‘zbekiston MTJ qachon Adidas va Nike kabi mashhur kompaniyalar ekipirovkalaridan foydalanadi?

  • 21 aprel, 2020, 22:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA Media bo‘limi “Savol yo‘llang!” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu loyiha doirasida tashkilot birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov muxlislar yo‘llagan savollarning eng saralariga javob berdi.

Tecno

– Assalomu alaykum, milliy terma jamoamiz libosini o‘zgartirishning ilojisi bormi? Masalan, PumaAdidasNike kompaniyalari bilan shartnoma tuzilishini istardik… (ssuxrob3753)

– Biz ayni vaqtda Germaniyaning Jako kompaniyasi bilan 2018 – 2021 yillarga tuzilgan amaldagi shartnoma asosida hamkorlik qilyapmiz. Shu bilan birga dunyoning etakchi sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning faoliyatini ham kuzatib bormoqdamiz. Jako bilan shartnomamiz yakuniga etgach, keyingi bosqich haqida o‘ylaymiz. Agar ushbu kompaniya bizning terma jamoalarimizga xos, yangilangan, sifatli hamda chiroyli formalarni taklif eta olsa, biz hamkorlikni davom ettiramiz. Aks holda, albatta boshqa takliflarni ham o‘rganib chiqishga tayyormiz. Bu ham bir raqobat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Нодирбек жовлиев
22/04/2020 07:23
Холи кӯп қовун пишаркин унгача
Dastan Uteuliev
22/04/2020 00:34
Формани кийип уйнай олмайдиган футболчилардан, формасиз уйнайдига жайдари футболчилар яхши