
O‘zbekiston MTJ o‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan kuchli terma jamoaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2022 yilda ko‘plab yirik musobaqalar va tadbirlar o‘tkazilishi, jamoalarimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bir necha kun avval bu borada to‘liq ma’lumot berish, yangi mavsumdagi rejalar bilan tanishtirish, terma jamoalarimiz faoliyatini sarhisob qilish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bu yil o‘zbek futbolining 110 yilligi nishonlanishi va kuchli terma jamoa bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu uchrashuv sentyabr oyiga rejalashtirilgan.
Qolaversa, Srechko Katanets shogirdlari mart oyida Namangandagi turnirda ishtirok etadi. 25-29 mart kunlari O‘zbekiston, Uganda, Qirg‘iziston va Tojikiston terma jamoasi ishtirokida "Navruz Cup-2022" xalqaro o‘rtoqlik turniri o‘tkaziladi.
Fikrlar