
O‘zbekiston MTJ oxirgi 10 o‘yinning 7 tasida darvoza daxlsizligini saqlab qolgan! (Foto)
Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi halqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Amerika vakili Venesuela bilan durangga imzo chekdi.
Qizig‘i, vakillarimiz o‘zi ishtirok etgan oxirgi 10 uchrashuvning atigi 3 tasida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. Terma jamoamizga Uganda (4:2), Kosta-Rika (1:2) va Venesuela (1:1) termalari gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Qolgan bellashuvlarda Srechko Katanets shogirdlari himoyada ishonchli harakat qilib, darvoza daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar