
O‘zbekiston MTJ Dubayga yo‘l oldi (Foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyida bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuvlar oldidan Toshkentda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab, BAAga yo‘l oldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun tongda milliy jamoamiz delegatsiyasi HY-333 havo reysi orqali Dubay shahriga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston MTJ 30 may sanasida Tailand vakillariga qarshi to‘p tepadi va 1 iyun kuni Saudiya Arabistoniga etib boradi.
Ma’lumot o‘rnida, bosh murabbiy Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o‘tadigan "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlar uchun 28 nafar futbolchini jalb etgan.
Fikrlar