O‘zbekiston milliy terma jamoasida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ma’lumot. Yana bir futbolchida virus aniqlandi

  • 29 yanvar, 2022, 14:17
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, terma jamoamiz a’zolari Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Odiljon Hamrobekovda Covid-19 infeksiyasi aniqlangan edi. Kuni kecha futbolchilarimiz qayta test topshirishdi. Quvonarlisi, ularning bu galgi test natijasi manfiy chiqdi. Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng, karantindan chiqishga va mashg‘ulotlarni davom ettirishga ruhsat berildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Shuningdek, delegatsiyamizning qolgan a’zolari ham navbatdagi PTSR testlarini topshirdilar. Unga ko‘ra, futbolchimiz Abubakr Rizo Turdialievning test natijasi musbat ko‘rsatdi. Shuni ta’kidlash kerakki, ayni paytda futbolchimiz o‘zini yaxshi his etyapti va koronavirusning simptomlari ko‘zga tashlanmayapti. Shu sababli, bir necha kundan keyin qayta test topshirishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda u yakkalangan holda karantin o‘tamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!