O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar orasida yana o‘zgarish bo‘lishi mumkin

  • 3 oktabr, 2021, 11:04
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Rubin" - "Nijniy Novgorod" uchrashuvida mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

O‘yin taqdirini hal etgan yagona gol 61-daqiqada Kalinskiy tomonidan kiritildi. Nikolay 11 metrlik nuqtadan zarba yo‘llashda adashmadi.

Bellashuvni "Nijniy Novgorod" klubidagi hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev asosiy tarkibda boshladi va 73-daqiqada jarohat tufayli almashtirildi. Hozircha, jarohatning qay darajada jiddiyligi ma’lum emas. Ammo u kichik jarohat olgan bo‘lsa ham O‘zbekiston milliy terma jamoasining shu oydagi yig‘inini o‘tkazib yuborishi mumkin. Chunki terma jamoamizning mashg‘ulotlari tez orada boshlanadi.

photo_2021-08-28_18-20-13

Avvalroq, Moldovaning "Sherif" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Jasur Yaxshiboevning ham jarohat tufayli yig‘inda qatnasha olmasligi ma’lum bo‘lgandi.

Srechko Katanets bir necha kundan so‘ng Iordaniyada yig‘in tashkil qiladi. 9 oktyabrda Malayziya, 12 oktyabrda esa Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugoff Dlyabiznesa
03/10/2021 18:05
Бугун коп легионерларимиза уйнашади.. хамма уйинлани анонслари и силкалари Uzbekistan Legioners телеграм каналида бор, кизу боса
&
Бухорий Шариф
03/10/2021 12:34
Жароҳатланганлар тезроқ тузалиб сафга қайтсин илоҳим. Уларни ўрнига Шерзод Насуруллаевни ва янамуносиб футболчини чақириш керак.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/10/2021 11:11
Sherzod Nasrulloev. chaqirish kerak. Ibrohim klubiga yahshilap joylashsin. kelajakka Ibrohim bilan Sherzod uynaydi u pazitsaga. Farruh yoshi utdi bariber.
sharifjon samadov
03/10/2021 16:39
Насафдан.шерзод.насруллаевни.узбикистон.терма.жамоасига.олсангиз.булади.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/10/2021 20:24
Sherzod. qaytam bormagani ham yahshider balkim chunki. Nasafni hali muhim uyinlar kutmoqda.