O‘zbekiston Liga kubogi finalida VAR tizimidan foydalaniladi

  • 3 dekabr, 2019, 23:59
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

«O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasida 2021 yildan futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida videotakrorlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Tecno

Hujjatda qayd etilishicha, xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga muvofiq 2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish masalasi ham kiritilgan.
Qaysidir sohada biror yangilikni amaliyotga joriy etish uchun ma’lum vaqt, malakali kadrlar va tajriba talab etiladi. Buni yaxshi anglagan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston MTRK “Sport” teleradiokanali hamkorlikda amaliy ishlarni boshlab yubordi. Ertaga, 4 dekabr kuni Paxtakor" va AGMK klublari o‘rtasida O‘zbekiston Liga kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

"Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor VAR tizimi sinovdan o‘tkaziladi. Jarayonda O‘zbekiston MTRK “Sport” teleradiokanali texnik va ijodiy guruhi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

Bundan asosiy maqsad, futbol uchrashuvlarida adolat va shaffoflikni ta’minlashdir. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
04/12/2019 01:59
Nasaf qiynalmasa kerak. uzbekistonga birinchi nasaf olib keluvdi. zamonaviy kamera ustanovkasini. agar akahonla olib ketmagan bulsa. nasaf bu yildan faydalansa ham buladi.
&
ахмад49
04/12/2019 16:04
Тезрок жорий килиш керак,бу Шерзод Косимов,Азиз Асимов ва Андижонлик Тухтасинов каби хакамлар нохолис хакамлигига чек куйилар эди.
Jasur Mamataliyev
04/12/2019 11:43
Пахтакор иккинчи қаватта хамма клубдан устун ва голларининг 70 фоизи бош билан урилган бу мухлислар нигохида кичик устунлик бўлиши мумкин лекин мана шу кичик устунлик катта ғалабалар натижаларни олиб келди агар ишонмасангиз ўйинларнинг видиоёзувини кўринг
&
Сурхон
04/12/2019 10:20
Олдинрок бу тизим бизда ишлаганда эди. Пахтакор хеч,качон чемпион булолмасди. Динамо эса суперлигани тарк этмас эди.Сугдиёна ёхуд сурхон ОЧЛ да туп сураётган булар эди. Мен бу 3 та тошкент жамоасини мавсум бошида халк огзидан эшитгандим очл га йул олишини, нахот халк бунга куникиб колишди. Олдиндан узаро режаланган максадларинг хатто халк огзида.