O‘zbekiston kunni g‘alaba bilan boshlab, g‘alaba bilan tugatdi

  • 3 dekabr, 2024, 15:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Tecno

4-kunda, 66 kg da ringga ko‘tarilgan Navbahor Hamidova mezbonlar vakilasi Janjaem Suvannaphengga qarshi jang qildi. Hamyurtimiz 3 raund davom etgan bahsda raqibasiga yaxshigina zarbalar yomg‘irini yo‘lladi va yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. Shunday qilib, bugungi janglar o‘z nihoyasiga etdi. Ertaga bizni yana bir qator yurtdoshlarimiz ishtirokidagi bahslar kutmoqda.

Osiyo chempionatida barcha bokschilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!