O‘zbekiston kubogining guruh bosqich bahslari start olmoqda. "Qizilqum" - "Navbahor" va "Dinamo" - "Neftchi" o‘yinlarini qaysi telekanallar namoyish etadi?
6-9 aperl kunlari O‘zbekiston kubogi guruh bosqichining dastlabki tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Bugun 2 ta o‘yin o‘tkaziladi.
"Qizilqum" Olmaliqda "Navbahor"ni qabul qiladi. Uchrashuv 18:00da start oladi. "Dinamo" o‘z uyida "Neftchi" bilan kuch sinashadi. Bellashuv 18:15da boshlanadi.
"Qizilqum" - "Navbahor" o‘yini "Sport", "Dinamo" - "Neftchi" bahsi "Dunyo bo‘ylab" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.



Fikrlar