
O‘zbekiston kubogi. "Surxon" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi, "Olimpik" esa "Lokomotiv BFK"ga javobsiz to‘rtta gol urdi
O‘zbekiston kubogi 2-turi doirasidagi "Chig‘atoy" - "Surxon" o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
17-daqiqada Azamat Abdurashidov hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘ngida Muhammmadali Abdurahmonov oradagi farqni tenglashtirdi. Ikkinchi taymning 47-daqiqasida Sardor Mahmudovning goli "Surxon"ga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "uchar tulporlar" qiyinchilik bilan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
- O'zbekiston - O'zbekiston kubogi
- Guruh bosqichi

Chigatoy
- Azamat Abdurashidov 17'
20.04.2024 16:00

Surxon
- M. Abdurahmonov 41'
- S. Mahmudov 47'
"Olimpik" va "Lokomotiv BFK" bellashuvida esa mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani tantana qildi.
Gollarga Rian Islamov, Muhsin Bozorov, Asadbek Jo‘raboev va Abdulboriy Marufjonov mualliflik qildi. Bundan tashqari, 52-daqiqada "Lokomotiv BFK" futbolchisi Otabek Turobov qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.
- O'zbekiston - O'zbekiston kubogi
- Guruh bosqichi

Olimpik
- R. Islamov 21'
- M. Bozorov 25'
- A. Juraboyev 69'
- A. Marufjonov 83'
20.04.2024 16:30

Fikrlar