
O‘zbekiston kubogi. "Olimpik" Toshkentda "Navbahor"ni mag‘lub etdi, "Andijon" "Olimpiya" darvozasiga javobsiz 6ta gol urdi
O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin yakuniga etdi.
Ulardan birida "Andijon" "Olimpiya"ni mehmon qilib, 6:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Bobur Farhodov, Rubin Hebay (dubl), Farhod Sohibjonov, Suhrob Berdiev hamda Sardor Azimov mualliflik qildi.
Guruhdagi ikkinchi bahsda "Olimpik" o‘z maydonida "Navbahor"dan ustun keldi, 2:1. Asad Sobirjonov tomonidan urilgan golga toshkentliklar Ruslan Jiyanov va Otabek Jo‘raqo‘zievning aniq zarbalari evaziga javob bera olishdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Kapadze shogirdlari kvartetni 1-o‘rinda yakunladi, "lochinlar" 2-pog‘ona egasi sifatida pley-offga yo‘l oldi.
Fikrlar