O‘zbekiston Kubogi "D" guruhiga yo‘l olgan jamoa nomi aniqlandi

  • 27 mart, 2022, 14:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Toshkentdagi "Chig‘atoy" stadionida O‘zbekiston Kubogi 3-saralashidan o‘rin olgan "Qumqo‘rg‘on-1977" - "Do‘stlik Oltiariq" bahsi o‘tkazildi.

Tecno

Bellashuvda "Do‘stlik" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda gollarga Zarbillo Umarov, Mo‘ydin Mamazulunov va Musobek Muzaffarov mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Do‘stlik" O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga yo‘l oldi. Jamoa "D" guruhidan o‘rin egallaydi. Ushbu guruhda "Qo‘qon-1912", "G‘ijduvon" va "Mash’al" jamoalari bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!